Samsung iyunda Galaxy S7 edge’ning “Betmen” talqinini savdoga chiqaradi

Samsung iyunda Galaxy S7 edge’ning “Betmen” talqinini savdoga chiqaradi

Samsung kompaniyasi cheklangan tirajda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Galaxy S7 edge Injustice Edition smartfonini taqdim qildi.

“Aqlli telefon”ning mazkur talqini Warner Bros. Interactive Entertainment hamda DC Entertainment kompaniyalari bilan hamkorlikda fayting janridagi mashhur “Injustice: Gods Among Us” videoo‘yini taqdim etilganining 3 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarilmoqda.

Samsung Galaxy S7 edge Injustice Edition talqini iyun oyida  Xitoy, Rossiya, Singapur, Koreya, Lotin Amerikasida sotuvga chiqariladi.

Galaxy S7 edge Injustice Edition tim qora korpusga ega bo‘lib, unda maxsus dekorativ elementlardan foydalanilgan. Xususan, korpusning orqa panelida qahramon Betmenni eslatuvchi tillarang logotip mavjud.

Uning karton upakovkasi ham fayting o‘yinlari uslubida bezatilgan. Mobil aloqa vositasi bilan birgalikda xaridorlar maxsus chexol, virtual voqelik ko‘zoynagi, “Injustice: Gods Among Us” video o‘yinini virtual voqelik kontentida o‘ynash uchun vaucherga ega bo‘lishadi.

Galaxy S7 edge’ning Injustice talqini necha puldan sotilishi to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Ayni paytda jahonning eng innovatsion smartfoni sifatida e’tirof etilayotgan Galaxy S7 edge mobil aloqa vositasi Amazon internet do‘konida 740 AQSh dollarigacha sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!