Samsung kelajak displeyini patentladi

Samsung kelajak displeyini patentladi

Insayderlarnning fikricha, Samsung aksiyadorlari kompaniyaning foydasidan qoniqish hosil qilmayapti va shu bois, muhandislarni smartfon uchun yangiliklar yaratishga undamoqda. Ana shunday talablarning mahsuli o‘laroq, dasturchilarning yangi ishlanmasi—kelajak displeyi uchun kompaniya patent oldi. Bu haqida PatentlyMobile xabar bermoqda.

Kengayuvchan ekran
Phablet – bu qurilma slayder(qo‘lda yoki avtomatik tarzda kengaytirish mumkin bo‘lgan veb-dizayn elementi)ga o‘xshab ketadi.

Muhandislar bunda navbatdagi konsepsiyani taklif qilishdi: normal xolatda smartfon ekrani katta emas. Biroq foydalanuvchi istasa, ekranni yuqoriga surib, kerakli darajada kengaytirib olishi mumkin. Shundan keyin berkilib qolgan qismi esa ekrandagi ma’lum bir joyda, kichik ko‘rinishda turadi.
Patentlashtirilgan ekran yupqa ko‘rinishda bo‘ladi. Uning cheti maxsus rolik bilan o‘raladi. Umuman olganda, mazkur g‘oya yangilik emas. Faqat texnologiyaning samarali amaliyotga tadbiq etilishini kutamiz.