Samsung lazer-proyektorli “aqlli soat” ishlab chiqaradi

Samsung lazer-proyektorli “aqlli soat” ishlab chiqaradi

Samsung Electronics lazerli proyektorga ega “aqlli soat”ni ishlab chiqarish uchun patent oldi. Bu texnologiya yordamida soat imkoniyatlaridan qurilma interfeysidagi proyektor uzatayotgan lazer nurlari orqali turli o‘lchamlarda foydalanish mumkin. Bu haqda phoneArena nashri xabar tarqatmoqda.

Hujjatda yozilishicha, innovatsion soat kamera hamda proyektor bilan ta’minlangan bo‘ladi. Proyektor lazer nuri yordamida xohlagan yuzaga virtual ekran tasvirini tushirganda soat kamerasi orqali uni nazorat qilish mumkin.

Samsung vakilining so‘zlariga ko‘ra, lazerli proyektordan turli tasvirlarni xohlagan o‘lchamda, jumladan katta devorlarga uzatishda, virtual ekran orqali ma’lumotlarni qurilmaga kiritishda foydalanish mumkin.

Mazkur lazerli proyektor patenti nafaqat smartvoch, shuningdek virtual voqelik ko‘zoynaklari, stol kompyuterlari texnologiyasida ham tatbiq etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Lenovo kompaniyasi ham 2015 yilda lazerli proyektorga ega ilk smartfonni taqdim etgan edi.

Innovatsion soatlardan bugungi kunda inson salomatligini nazorat qiluvchi, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishish, smartfonda kirish-chiqish xatlarini amalga oshirishda muhim qurilma sifatida foydalanilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!