Samsung mobil DRAM xotira bozorida yetakchilikni saqlab qoldi

Samsung mobil DRAM xotira bozorida yetakchilikni saqlab qoldi

TrendForce analitiklarining hisoblariga ko‘ra, joriy yilning 3 choragida mobil DRAM xotira chiplarining savdosi 16,8 %ga o‘sib, jahon miqyosida 4,59 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Ushbu turdagi xotira segmentiga qarashli sotuvlarning 43,5 foizi mobil DRAM chiplari ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, yangi iPhone modellarining chiqarilishi, shuningdek, Samsung Galaxy S7 smartfonlarining xaridorgirligi ushbu xotira bozorining rivojlanishiga turtki bergan.

Samsung mobil DRAM chiplari bozorida haligacha yaqqol yetakchi bo‘lib qolmoqda. Koreys texnologiya giganti o‘tgan chorakda mobil DRAM chiplar tayyorlashni 22,2 foizga oshirib, umumiy hisobda mazkur bozorning 64,5 foiziga egalik qilmoqda. Ushbu chiplar kompaniyaga 2,96 mlrd dollar sof daromad keltirgan.

Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini SK Hynix (22,8%), Micron (8,3%) va Nanya (1,3%) kompaniyalari band etgan.