Samsung, nihoyat Galaxy Note 7’ni sotish huquqini qaytarib oldi

Samsung, nihoyat Galaxy Note 7’ni sotish huquqini qaytarib oldi

Joriy yil mart oyi yakunida Samsung Electronics qayta tiklangan Galaxy Note 7 gadjetlarini Hindiston va Vetnamda sotuvga chiqarishini rasman tasdiqlagan edi. Samsung akkumulyatori yonib ketayotgan Galaxy Note 7 flagmanini xalqaro bozordan chaqirib olgach, ulardagi nosozlikni bartaraf qilgan. Koreya nashrlarining yozishicha, Samsung qayta tiklangan Galaxy Note 7 fabletini stuvga chiqarish huquqini beruvchi FCC — Koreyaning kommunikatsiyalar bo‘yicha komicsiyasining guvohnomasini olgan.

Qayta tiklangan Galaxy Note 7 flagmanining 3 talqini – SM-N935K, SM-N935L hamda SM-N935S raqamlari ostidagi versiyalariga aloqa ma’muriyati kommissiyasining ularni Koreyada sotish huquqini beruvchi guvohnomasi olingan.

Qayta tiklangan flagmanga 3,500 mA soatli «quvvat toshi» o‘rniga 3,200 mA soat elektr toki sig‘imiga ega batareya o‘rnatiladi. Shuningdek, qurilma uchun yangi dizayndagi korpus tayyorlangan. Demak, yangi talqin dizayni aslidan bir oz farq qilish mumkin. Shu bilan birga, unga Android 7.0 Nougat operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Galaxy Note 7 R (SM-N935) nomi bilan sotuvga chiqadigan smartfonning 700,000 von, ya’ni $620 dollardan sotuvga chiqishi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentbyar oyida Galaxy Note 7 Koreyada $878 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. Galaxy Note 7’dagi nosozlik kompaniyaga 5,2 milliard dollarga tushgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!