Samsung’ning skanerli displey va 3D-kameraga ega smartfoni haqida xabar qilindi

  •   DiMaX
  •  1196
  •  18.04.2018 11:05

Samsung’ning skanerli displey va 3D-kameraga ega smartfoni haqida xabar qilindi

Janubiy koreyalik texnogigant joriy yilning fevralida o‘zining yangi flagmanlari – Galaxy S9 va S9+ modellarini taqdim etgan edi. Iyul oyining oxirlari yoki avgust boshlarida, korporatsiyaning navbatdagi yirik taqdimotida Galaxy Note 9 fabletini ko‘ramiz.

O‘QING: Galaxy Note 9 iPhone 7'ning muhim jihatini o‘zlashtiradi

Shuningdek, allaqachon Galaxy S turkumidagi modellarning keyingi avlodi – Galaxy S10 haqida ham batafsil ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu to‘g‘rida The Bell nashri ma’ruzasida xabar berilgan.

Aytishlaricha, Samsung’ning 2019 yilgi flagmanlari buklama ekran yoki yangicha tuzilishga ega bo‘lmaydi. Umuman, smartfonlarning tashqi ko‘rinishi bu yilgi «ajdod»laridan kam farq qiladi. Ular tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatda bo‘lgan Infinity Display dizaynidagi ekranga ega.

Galaxy S10 modelining displeyi o‘lchami ham o‘zgarmaydi – diagonaliga 5,8 dyuymligicha qoladi. Uning «plyusli» talqini esa biroz «ulg‘ayib», 6,3 dyuymlik ekran bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Galaxy S10 – skanerli displeyga ega 5G-smartfon protsessori haqida ma’lumotlar chiqdi

Har ikkala model uchun asosiy yangilik – ekranning pastki hududiga joylanadigan barmoq izi skaneri bo‘ladi. Xabarga ko‘ra, mazkur texnologiya bu yilgi Galaxy Note 9 modeliga tatbiq etilmaydi. Chunki uning taqdimotigacha Samsung bu datchikni to‘liq tayyorlashga ulgurmaydi.

Janubiy koreyalik gigantning Galaxy S10 modellariga kiritiladigan yana bir yangi texnologiya ularning old kamerasi bilan bog‘liq. Ularga Isroilning Mantis Vision startapi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan 3D-kameralar o‘rnatiladi. Aftidan, bunaqa kameralar smartfon himoyasini ta’minlash uchun yuzni tanish tizimining, shuningdek, animatsiyali emodzilarning ishlashini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

O‘QING: Galaxy S10 qiyofani xuddi iPhone X kabi taniydi

Galaxy S10 hamda S10+ haqidagi boshqa ma’lumotlar hozircha sir tutilmoqda. Axir, hali ularning taqdimoti hali 2019 yilning fevralidan oldin bo‘lmasligi ma’lum.

Biroq Samsung ungacha ham, Galaxy Note 9 fabletidan tashqari, bir nechta modellarda hamyonbop va o‘rta narxli smartfonlar ham namoyish etishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!