Samsung’ning sun’iy idrokli odamsimon roboti deyarli tayyor!

  •   DiMaX
  •  1175
  •  23.02.2018 12:13

Samsung’ning sun’iy idrokli odamsimon roboti deyarli tayyor!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan yili Saram savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Business Korea nashrining xabar berishicha, Samsung Electronics mazkur loyiha doirasida sun’iy ong tizimiga ega bo‘lgan odamsimon robot tayyorlamoqda.

O‘QING: Saudiya fuqaroligini olgan robot endi oila qurishni istayapti

Agar insayderlar bergan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, Saram – qandaydir sun’iy idrok tizimi tatbiq etilgan, yuklarni ko‘tarish va tashishga mo‘ljallangan gumanoid-robot bo‘ladi. Qiziq savol tug‘iladi: «qora ish»larni qiladigan robotga sun’iy ong nimaga kerak ekan o‘zi?

Nima bo‘lganda ham, Saram robotlari iste’molchilar uchun ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘lmaydi, ularni sanoat sohasida qo‘llashadi. Shuningdek, Samsung ularni savdoga ham chiqarmaydi, zero, kompaniya bu robotlarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida yaratyapti.

Yana bir taxminga ko‘ra, Saram qandaydir sinov platformasi sifatida qo‘llanadi. Samsung mazkur loyiha doirasida iste’molchilarga mo‘ljallangan gumanoid-robotlar yaratishga asqotadigan texnologiyalarni ishlab chiqadi.

O‘QING: Taniqli futurolog Rey Kursveyl 2099 yilgacha kutilayotgan texnologiyalarni aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!