Samsung’ning taniqli «raskladushka»si qayta taqdim qilindi

Samsung’ning taniqli «raskladushka»si qayta taqdim qilindi

Bugun Samsung kompaniyasi rasman buklama klaviaturaga ega Samsung Galaxy Folder 2 smartfonini taqdim qildi.

Samsung Galaxy Folder 2 — bu «raskladushka» shaklidagi smartfon bundan 10 yillar avval smartfon bozorida ommabop bo‘lgan telefon apparatlarini eslatadi. Shunday bo‘lsa ham, apparat zamonaviy jihatlarga ega. Jumladan, gadjet Android 6.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Samsung представила «раскладушку» на ОС Android за $260

Jihatlari
Galaxy Folder 2 ekranining diagonali 3.8 dyuym, sensor klaviaturasi yetarlicha katta va korpus metalldan tayyorlangan. Shu bilan birga, smartfonda aloqalar, xat-xabar, kamera va qo‘ng‘iroqlarni tezkor amalga oshirishga yordam beradigan, ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni tezkor ochadigan an’anaviy to‘rtburchak shakldagi bosh tugma mavjud.

Samsung Galaxy Folder 2-.png

Smartfonda 1,4 gigagers chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli protsessor, 2 gigabaytli tezkor va 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, telefonda Micro SD xotira kartasi uchun bo‘lmacha ham mavjud. Smartfon korpusining olinadigan akkumulyatori 1950 mA soat elektr toki sig‘imiga ega. Gadjet 8 megapikselli bosh va 5 megapikselli old kameralari bilan maqtana oladi.

Auditoriya va bahosi
Ahamiyatli jihati, Samsung bu telefondagi o‘rtacha ovoz darajasini 11 dan 13 ga ko‘targan. Aftidan, gadjet o‘rta yoshli odamlarga mo‘ljallangan. Galaxy Folder 2 devaysi 23 iyundan $260 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!