Samsung'ning 'uxlamaydigan' displeyi endi GIF suratlarni ko‘rsata oladi

Samsung'ning 'uxlamaydigan' displeyi endi GIF suratlarni ko‘rsata oladi

Samsung o‘zining so‘nggi smartfonlarini xarid qilgan mijozlariga qurilmaning personalizatsiyasi bilan yanada ko‘proq imkoniyat va erkinlik taqdim qilmoqda. Endilikda Samsung Galaxy S8/S8+ va Note 8 egalari 'uxlamaydigan’, ya’ni Always-On Display'da GIF formatidagi jonli suratlar ’o‘ynab turadigan’ qilib, qurilmalarini sozlashlari mumkin.

Always-On Display texnologiyasi telefon qulflangandan so‘ng uning displeyida vaqt, bildirishnomalar, quvvat holati va boshqa muhim ma’lumotlar ko‘rinib turishini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar Always-On Display'dagi soatlar ko‘rinishi, rangi va boshqa xususiyatlarni o‘z ta’blariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniga egalar. LG va Samsung'ning so‘nggi smartfonlari ayni texnologiyani qo‘llay olishi bilan ma’lum.

So‘nggi ikki yil davomida Samsung Always-On Display'da oldindan kiritilgan suratlar yoki qurilma egalarining o‘z suratlarining boshqa ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda ko‘rsatilishiga imkoniyat yaratib kelayotgan edi. Qurilma egalari oila a’zolari surati yoki biror oddiy rasmni qurilma qulflangandan so‘ng ham ko‘rinib turadigan qilib sozlashlari mumkin edi. Endilikda ular bu suratlar bilan bir qator harakatlanib turuvchi GIF formatidagi rasmlarni ham Always-On Display'da ko‘rishlari mumkin.

GIF formatini qo‘llay olishi uchun qurilmaning Always-On Display'i so‘nggi yangilanishga ega bo‘lishi lozim. Biroq GIF formatning o‘ynalish davomiyligiga ma’lum cheklovlar mavjud. Qurilma quvvatini tejash maqsadida Samsung GIF suratlarni davomsiz ravishda Always-On Display'da o‘ynalishini cheklab qo‘ygan. Qurilma qulflangandan so‘ng sozlangan GIF surat faqat bir marta o‘ynaydi, lekin ekranga ikki marta urish orqali uni yana bir marta o‘ynashga majburlash mumkin.

GIF formatini qo‘llay olish uchun Samsung Galaxy S8/S8+ va Note 8 egalari Always-On Display'ning so‘nggi yangilanishga ega bo‘lganiga ishonch hosil qilishlari zarur. Hozirda eng so‘nggi talqin 3.2.26.4 dir. Samsung S9 va S9+ ham tez orada ushbu yangilanishga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!