Samsung’ning yangi hamyonbop smartfoni «qo‘lga tushdi»: AMOLED-ekranli va NFC modulli!

  •   DiMaX
  •  3429
  •  16.01.2018 11:24

Samsung’ning yangi hamyonbop smartfoni «qo‘lga tushdi»: AMOLED-ekranli va NFC modulli!

Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi turli flagmanlar qatori, hamyonbop smartfonlar ustida ham muntazam ishlab keladi. Jumladan, uning ko‘pchilik tanimagan hamyonbop telefon modellari ham ko‘p.

O‘QING: Eksklyuziv: Samsung 170 dollarlik Galaxy J7 Nxt'ni sotuvga chiqardi

Kechagina ommabop GFXBench benchmarkida mazkur texnogigantning yangi smartfoni testdan o‘tganligi oshkor bo‘ldi. Yangi model Samsung Galaxy On7 Prime (2018) deb nomlanadi va uning taqdimoti tez orada bo‘lib o‘tishi kutilayotir.

GFXBench ma’lumotlariga ko‘ra, bu smartfon diagonali 5,5 dyuymli AMOLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, displeyining tasvir aniqligi 1920x1080 pikselni tashkil etadi (ya’ni, Full HD formatida). Samsung mazkur qurilmasiga o‘zining Exynos 7870 protsessorini o‘rnatmoqda; u 1,6 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta yadroni jamlagan. Shuningdek, Mali-T830 grafik kontrolleri hamda 300 Mbit/soniyagacha tezlikda ma’lumot almasha oladigan LTE Category modemi ham uning samaradorligini oshiradigan omillardandir.

Yangi modelga operatsion tizim sifatida Android 7.1.1 Nougat talqini tanlangan, ammo bozorga chiqarilganidan keyin ko‘p o‘tmasdan, uni ham Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilash imkoni bo‘lsa kerak.

O‘QING: Android 8.0 Oreo'ga yangilanadigan Samsung smartfonlari bitta ro‘yxatda!

Galaxy On7 Prime (2018) modeli zamonaviy USB Type-C tirqishiga, Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 5.0, shuningdek NFC modullariga ega. Gadjetning asosiy kamerasi ham, old kamerasi ham 13 megapikselli yakka datchiklardan iborat. Smartfonning tezkor xotirasi 3, doimiy xotirasi esa 32 gigabayt hajmga ega. Shuningdek, unga 256 gigabaytgacha hajmli microSD formatidagi xotira kartasini qo‘ysa bo‘ladi.

Hozirgacha aniqlangan ma’luotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy On7 Prime (2018) smartfoni ertaga – 17 yanvardayoq taqdim etilishi kerak. Kuzatuvchilar uning narxi 300 AQSh dollaridan oshmasligini aytishmoqda.

Koreyalik gigantning shu paytgaach taqdim etilgan ko‘pgina rusumlardagi smartfonlari O‘zbekistonda ham savdoga chiqarilgan.

O‘QING: «Malika»da Samsung smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2018 yil 12 yanvar)