Samsung premium raskladushka telefon tayyorlamoqda

Samsung premium raskladushka telefon tayyorlamoqda

Avvalroq Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Xitoy bozori uchun Samsung Galaxy Folder 2 nomli raskladushka form-faktoridagi telefon tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq tarmoqda shu kunlarda Samsung’ning boshqa markadagi premium raskladushka telefonining suratlari ham paydo bo‘ldi. Yangi telefonga SM-W2016 model kodi berilgan.

Asosan Samsung telefonlari bilan bog‘liq xabarlarni yoritadigan Sammobile nashrida berilgan ma’lumotga ko‘ra, yangi premium telefonga 4,2 dyuymli Super AMOLED displey o‘rnatiladi, u Qualcomm Snapdragon 820 protsessori va 4 GB tezkor xotira yordamida ishlaydi. Telefon USB Type-C porti, 12 MP asosiy va 5 MP old kameraga ega bo‘ladi. Asosiy kamera orqali 4K formatidagi videolarni yozish mumkin.

Samsung-SM-W2017-04 Samsung-SM-W2017-02-202x270

Shunigdek, yangi premium raskladushkaga barmoq izi skaneri va yurak pulsi sensori ham o‘rnatilishi mumkin. Telefonning tasviriga qarab, uning Galaxy S7’dan ilhomlanib yaratilganiga shubha qilmaysiz. Telefon hatto NFC va Samsung Pay servislarini qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda. Lekin, Samsung Galaxy Folder 2 singari yangi raskladushka ham faqat Xitoy bozori uchun chiqarilishi ehtimoldan xoli emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!