Samsung prezidenti qamoq jazosiga hukm qilindi

Samsung prezidenti qamoq jazosiga hukm qilindi

Samsung kompaniyasi hamda Koreya Respublikasining avvalgi hukumati o‘rtasidagi mojarolar bois, bir muddat avval mamlakat prezidenti iste’foga chiqarilgan edi. Kuni kecha esa, Li Jeyon — koreyalik biznesmen va milliarder, «Samsung Electronics» kompaniyasi vitse-prezidenti Koreya Respublikasining sobiq prezidentiga pora berganlikda ayblanib, 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.    

Ulkan konglomerat merosxo‘ri bo‘lgan Li Jeyon sud qaroriga nisbatan biror munosabat bildirmagan. Uning advokati esa mazkur qarorning tez orada qayta ko‘rish bo‘yicha ariza berilishini aytgan.

Mamlakatning sobiq rahbari Pak In Xega 38 million dollar miqdoridagi pora berishdan tashqari Li Jeyonga xorijdagi bizneslarni yashirish va moliyaviy jinoyatlarga qo‘l urish, soliqlardan bo‘yin tovlash ayblovlari qo‘yilgan va prokurorlar unga 12 yillik qamoq jazosi berilishini talab qilishgan.  

Samsung mazkur pullarni Pak In Xening yaqin dugonasi Choy Sun Silning Germaniyada ot sportini o‘rganayotgan qizining mashg‘ulotlari uchun homiylik yordami sifatida to‘lab berilgani to‘g‘risida bayonot bergan.

Sudda qayd etilishicha, Li Jeyonning bu miqdordagi mablag‘ni berishidan maqsadi mamlakat prezidentining qo‘llab-quvvatlashi yordamida Samsung Electronics'dagi o‘rnini mustahkamlash bo‘lgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!