Samsung Push Service: bir chimdim kulgi

Samsung Push Service: bir chimdim kulgi

Sarlavhadan bu Push Service nima ekan, degan savol xayolingizdan o‘tgan bo‘lishi mumkin. Albatta, bunday servislar ko‘pchilikka tanish emas. Xo‘sh, u nima o‘zi?

Barcha smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlariga tegishli maxsus servislarga ega. Push Service ushbu servislarga tegishli ma’lumotlarni serverdan foydalanuvchi telefoniga yetkazishda xizmat qiladigan tizim. Agar telefonda ushbu servisga tegishli ilova o‘rnatilmagan yoki o‘zingiz uni o‘chirib yuborgan bo‘lsangiz, kompaniyaning maxsus xizmatlariga aloqador bildirishnomalarni qabul qilolmaysiz. Samsung holatida bu Samsung Apps, AllsharePlay, Samsung Wallet kabi servislar bo‘lishi mumkin.

Bu ilovaning nima vazifa bajarishini yaxshi tushunmagan smartfon foydalanuvchilari Google Play’da ushbu servisga qarashli ilova ostida juda ko‘p kulgili va qiziqarli izohlarni qoldirishgan.

Masalan, Ivan Yefremov degan foydalanuvchi endi uning telefoni bemorlarni davolayotgani, umuman zaryadlanishga muhtoj emasligi, xayoldagi fikrlarni anglab, o‘liklar bilan so‘zlashayotgani haqida hazilomuz izoh qoldirgan (skrinshot).

Screenshot_2016-08-25-23-47-45

Vyacheslav Belyayev esa ilova so‘nggi versiyaga yangilanganidan keyin, telefon endi uyga o‘lik qush va sichqonlarni olib kelmay, kvant fizikasi to‘g‘risida ma’ruza yozayotganidan noligan (skrinshot).

Снимок

Yuliya Gavrilicheva bo‘lsa do‘stining push-servis ilovasini yangilagandan keyin uchishni o‘rganganini, barcha endi unga transportda joy bo‘shatayotganini yozib o‘tgan. Bundan tashqari u ilovani Rossiya futbol jamoasi guruhdan chiqishiga umid qilib, Yevropa chempionatidan oldin yangilishini yozgan.

Screenshot_2016-08-25-23-52-42

Albatta, bularning bari hazil tariqasida foydalanuvchilar tomonidan izohlarda aks etgan. Ushbu ilova, chindan ham, maxsus servislarning faoliyati uchun juda ahamiyatli.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!