Samsung rahbarining hibsga olinishi $1,7 mlrd dollarga tushdi

Samsung rahbarining hibsga olinishi $1,7 mlrd dollarga tushdi

Samsung Electronics rahbari, direktorlar kengashi vitse-raisi Li Chje Yonning hibsga olinishi bir kun ichida koreyalik monopolist bo‘lgan Samsung Group birlashmasining bozordagi kapitali qiymatini $1,7 mlrd dollarga qisqarishiga sabab bo‘ldi. Ekspertlarning fikricha, bu hodisa Samsung brendi va kompaniyaning strategik investitsion rejalariga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Janubiy Koreya prezidentiga pora berishda ayblanayotgan Li Chje Yon kompaniyaning haqiqiy rahbari Li Gonxi so‘nggi vaqtlarda betob bo‘lgani bois boshqaruvni o‘z qo‘liga olgan edi. Moor Insights & Strategy tahlilchilarining taxminicha, Li Chje Yon kompaniyaning qiyofasiga aylanib ulgurmagan va uning hibsga olinishi kompaniya daromadiga katta zarar keltirmaydi.

Koreya sudi kompaniya top-menejerini mamlakat rahbari Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarolariga aloqador poraxo‘rlikdagi ishtiroki uchun hibsga olish haqida qaror chiqargach, Samsung Electronics’ning birjalardagi kapitalizatsiya ulushi $980 dollarga kamayib ketdi. Shuningdek, Samsung’ning C&T bo‘lnimasi aksiyalari bahosi 2 foizga arzonlashgan va kompaniya $377 mln dollar zarar ko‘rgan. Samsung’ning Life Insurance sug‘urta kompaniyasi aksiyalari 1,4%ga arzonlashib, muassasa $255 mln dollar zarar ko‘rgan.

S&P Global Ratings (S&P) agentligi bu voqealar Samsung’ning barqaror rivoji uchun daxl qilmaydi. Ekspertlar Samsung taraqqiyoti uning rahbari emas, ayni paytda bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mahoratli va fidoyi xodimlarga bog‘liq.