Samsung «Star» nomi ostida yangi flagman tayyorlamoqda

Samsung «Star» nomi ostida yangi flagman tayyorlamoqda

Samsung flagman yaratishda jahonning 1-raqamli ishlab chiqaruvchilaridan. Har yili bu IT-gigant tomonidan kamida 3 nomdagi yangi "bayroqdor" modellar taqdim qilib kelinadi. Jumladan, smartfonsozning Galaxy S9 gadjeti to‘g‘risidagi yangiliklar hozirdanoq diqqat markazida.

Bugun koreyalik elektronika brendining yangi flagmani Geekbench resursida aniqlandi. Mutaxassislarning fikricha, bu -- Samsung Galaxy S9. Hozircha yangi smartfonga «Star» hamda Plus talqiniga «Star 2» deb berilgan nom ma’lum.

Yangi chip

Galaxy S9 -- tayyorlanayotgan "syurpriz"ning bir qismi. Smartfon bilan bog‘liq yana bir muhim yangilik bor: ilg‘or Snapdragon 845 (sdm845) protsessori. Qualcomm bu galgi "bayroqdor" chipini 4 ta yadro bilan "qurollantirgan". Bu chipning chastota tezligi 1,78 GGs.ga teng, shuningdek 845 chipi 7 nanometrli tex-jarayonda ishlaydi.

Hozircha yangi flagman 7371 ball to‘plagan. Biroq, bu dastlabki ko‘rsatkichlar va so‘nggi natija emas. Boisi, Galaxy S8 bu testda 9000 ball to‘plagan edi.

Flagman jihatlari yanada qiziqarli

Imtihoda yangi flagman «samsung SM-G9650» nomi bilan ro‘yxatga olingan. Gadjet Android 7.1.2 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi va 4 GB operativ xotiraga ega bo‘ladi.

Smartfonning old paneli to‘liq shishadan tayyorlanishi, sensor barmoq izlari skaneri displeyga joylashtirilishi, smartfon bosh kamerasi qo‘sh ob’yektivli bo‘lishi ma’lum qilinmoqda.

Shuningdek, kompaniya 2017 yilning mart oyidan boshlab yangi flagman uchug maxsus ekran tayyorlamoqda.

Taqdimot va narx-navo

Galaxy S9 2018 yilning mart oyi oxirlarida taqdim qilinadi. Uning eng arzon talqini $710 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!