Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi

Samsung tarixidagi eng qimmat flagman taqdimotiga oz qoldi

2016 yilning omadsiz flagmani bo‘lgan Galaxy Note 7’dan so‘ng Samsung katta ishtiyoq bilan uning keyingi avlodini taqdimotga tayyorlamoqda. Shu yilning avgustida taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy Note 8 romsiz dizaynga ega bo‘ladi. Insayderlar koreyalik IT-gigant bu ilg‘or fablet uchun qancha so‘rashi xususida xabar tarqatishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy Note 8 kompaniyaning eng qimmat flagmani bo‘ladi.

Galaxy Note 8 devaysining narxi hammani ham xursand qilmasligi aniq, u puldan muammosi yo‘qlarga mo‘ljallangan. Samsung gadjet uchun kamida $900 dollar so‘raydi. Fablet qora, ko‘k va tilla rangli korpuslarda ishlab chiqariladi.

Samsung korporatsiyasining 2 oy oldin bozorga chiqarilgan Samsung Galaxy S8 flagmani kompaniyaning o‘zida $720, Galaxy S8+ flagmani $840 dollardan sotilayotgan edi. Xalqaro bozorda 950 AQSh dollaridan sotilayotgan gadjetning narxi 2 oy o‘tib, 738 dollarga tushib ketgan.

Tarmoqda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 flagmani 6,3 dyuymli, tomonlar nisbati 18,5:9 ga teng displey, talqiniga ko‘ra Snapdragon 836 yoki Exynos 8895 chiplari, 6 Gb operativ xotira, sig‘imi 3300 mA soat akkumulyator hamda ustma-ust joylashgan qo‘sh ob’yektivli va 12 megapikselli bosh kameraga ega bo‘ladi.

Fabletda biometrik datchik, yurak urishini tekshiradigan datchik, ko‘zning rangdor pardasi skaneri, S Pen stilusi hamda Bixby ovozli yordamchisi joriy qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!