Samsung taxlanadigan smartfonni qachon taqdim qilishi aytildi

Samsung taxlanadigan smartfonni qachon taqdim qilishi aytildi

Samsung’ning buklama smartfon yaratishiga oid ma’lumotlarni mobil sanoatdagi eng ko‘p davom etgan mish-mishlar qatoriga kiritish mumkin. Koreyaning ETNews nashrining yozishicha, ekrani taxlanadigan va buklanadigan smartfon 2017 yilning oxirlarida namoyish qilinadi.

Buklanadigan mobil aloqa vositasi joriy yilda namoyish qilinib, sinovdan o‘tkazish va jamoatchilikning unga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish uchun dastlab ishlab chiqarilgan ming donasi hamkorlarga beriladi. Uni ommaviy ishlab chiqarish jarayoni esa 2018 yildan boshlanadi.

Bir muddat avval The Korea Herald gazetasida taxlanadigan smartfonning 2017 yilning 3-choragida taqdim qilinishi aytilgan edi.     

2013 yildan boshlab quloqqa chalinayotgan taxlanadigan smartfon foydalanuvchiga ixcham qurilma tutish evaziga, zarur mahalda ekranni ikki barobar kattalashtirish imkonini beradi. Ekspertlarning fikricha, bu texnologiya koreyalik IT-gigantga ashaddiy raqibi bo‘lgan Apple bilan “poyga”da ustun kelish imkonini beradi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!