Samsung tezkor va simsiz quvvatlovchi cho‘ntak zaryadlagichi ustida ishlamoqda

Samsung tezkor va simsiz quvvatlovchi cho‘ntak zaryadlagichi ustida ishlamoqda

Samsung va nihoyat o‘z flagmanlariga tezkor quvvatlash texnologiyasini joriy qila boshladi: Galaxy Note10+ 45 vatt tezlikda zaryad oladi!

Smartfonlarning bu kabi tezligiga mos cho‘ntak zaryadlagichi ishlab chiqarish vaqti ham keldi va ayni damda Samsung bu borada ish olib bormoqda.

FCC Samsung'ga tegishli va model raqami EB-U3300 bo‘lgan simsiz zaryadlash imkoniga ega tashqi akkumulyatorni sertifikatladi. Bu haqida SafetyKorea saytiga tayanib SamMobile xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, gadjet smartfonlarni 25 vatt tezlikda quvvatlay oladi.Zaryadlagichning rasmlaridan ko‘rinib turibdiki, moslamada ikkita USB-C port va simsiz quvvatlash padi bo‘ladi. 25 vatt tezlikka faqat har ikki tomoni USB-C tipidagi kabel bilan erishish mumkinligi sabab, tashqi akkumulyatorda USB-A standart porti mavjud emas.

Quvvatlagichning simsiz quvvatlash tezligi 15 vatt, sig‘imi esa 10 000 mA/soat bo‘lishi kutilmoqda.

Poverbank qachon taqdim qilinishi hozircha rasman ma’lum qilinmagan, biroq Galaxy S11 bilan birga fevral oyida namoyish qilinishi ehtimoli ham yo‘q emas. Vaholanki, Galaxy Note10/Note10+, Galaxy A70 kabi qurilmalar allaqachon 25 vattda zaryadlana olishini inobatga olib yana aytish mumkinki, cho‘ntak quvvatlagichi Galaxy S11'dan oldinroq omma e’tiboriga havola qilinishi ham mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!