Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

  •   DiMaX
  •  1403
  •  17.08.2018 14:41

Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

LG Electronics kompaniyasi micro-LED texnologiyasi bo‘yicha eng katta televizorni ishlab chiqdi. Bu gadjetini u 31 avgustda Berlinda boshlanadigan IFA ko‘rgazmasida namoyish etmoqchi.

O‘QING: CES 2018: LG yangi televizorini rulonda olib keldi

LG yaratgan yangi televizorning displeyi diagonaliga 175 dyuymni tashkil etadi. Ayni damda micro-LED texnologiyasida taqdim etilgan televizorlarning eng yirigi – Samsung The Wall esa 146 dyuymlik ekranga ega. Shuningdek, Samsung televizori qalinligi 80 millimetr bo‘lib, LG’ning yangi ishlanmasi undan ham yupqa ekani xabar qilinmoqda.

Manbalarga ko‘ra, texnologiyalar bu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishni optimallashtirib, tannarxi arzonlashmagunicha, LG’ning micro-LED televizorini oddiy xonadonda ishlatishga mo‘ljallangan, deb bo‘lmaydi.

O‘QING: Toshkentda analog televideniye to‘xtatildi. Nima qilish kerak?