Samsung va Mercedes avtomobillar uchun raqamli kalit tayyorlamoqda (Video)

Samsung va Mercedes avtomobillar uchun raqamli kalit tayyorlamoqda (Video)

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi avtomobilsozlik giganti Mercedes-Benz bilan birga avtomobillar uchun raqamli kalit tayyorlamoqda. Texnologiyaning konsepti va ishlash prinsiplari ayni paytda Berlinda o‘tkazilayotgan IFA-2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan.

Mazkur texnologiya har qanday NFC moduliga ega Galaxy seriyasidagi smartfonni avtomobilni qulflaydigan, ochadigan va o‘t oldiradigan raqamli kalitga aylantiradi.

Raqamli kalitni avtomobil o‘g‘rilaridan himoya qilish maqsadida Mercedez-Benz kuchli Secure Element  nomli himoya tizimiga ega NFC chipni mashina eshigidagi tutqichga o‘rnatadi. Natijada avtomobil faqat avvaldan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurilma yordamidan blokdan chiqariladi.

Bunday yangi texnologiyalar avtomobil xavfsizligini oshirish bilan birga, undan foydalanish jarayonini qulaylashtiradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!