Samsung yana bir "shedevri"ni taqdim qildi

Samsung yana bir

So‘nggi kunlarda Samsung brendiga mansub  SM-G9298 raqami ostida hamda ishchi nomi “Leader 8” bo‘lgan "raskladushka" smartfonning suratlari internetda tarqalayotgan edi.

Kutilganidek, gadjet birinchi bo‘lib Xitoy smartfon bozorida namoyish qilindi. Gadjet 2015 yilgi SM-G9198 modelining "merosxo‘ri". Smartfon 2 SIM-kartali.

“Leader 8” aviasozlikda foydalaniladigan alyuminiydan qotishmasidan tayyorlangan korpus, ham tashqari, shuningdek ham ichkari qismida 4.2 dyuymli full HD Super AMOLED displeyga ega bo‘ladi.

Gadjet platformasining salohiyati uchun 2016 yilning eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821 protsessori javobgar bo‘ladi.  Shuningdek, uning sig‘imi 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotirasi bo‘ladi. Va, albatta microSD bo‘lmachasi!

"Raskladushka" diafragmasi f/1.7 bo‘lgan 12 megapikselli bosh hamda  f/1.9 diafragmali, 5 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi. Bosh kamerada 4K sig‘imli video yozish mumkin.

Smartfon o‘lchamlari: 130.2 x 62.6 x 15.9 mm., vazni 235 gramm. Gadjetning akkumulyator sig‘imi 2,300 mA soat. Quvvatni simsiz to‘ldirish texnologiyasi mavjud bo‘ladi.

Devaysning qo‘shimcha jihatlari qatoriga Samsung Pay, Secure Folder, ko‘p funksiyani bajaruvchi maxsus tugma, S Voice funksiyalarini aytish mumkin. Biroq, gadjet hozircha Bixby ovozli yordamchi tizimini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Samsung “Leader 8”ni 23 avgustda taqdim qilinadigan Galaxy Note 8'dan so‘ng, kuzda taqdim qiladi. Telefon narx-navosi hozircha ma’lum qilinmagan.

Insayderlarning yozishlaricha,  kompaniya jahon bozoriga Samsung W2017 "raskladushkasi"ni tayyorlamoqda. Bu gadjetga 6 GB "operativka" va Snapdragon 835 chipi o‘rnatiladi.