Samsung yangi – hamyonbop Aura smartfonlarini tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  1208
  •  16.04.2018 10:42

Samsung yangi – hamyonbop Aura smartfonlarini tayyorlayapti

Janubiy koreyalik texnogigant yuqori narxli va yuksak samaradorlikka ega smartfonlar bilan bir qatorda, arzon modellar ishlab chiqarishda ham tinim bilmayapti. Jumladan, u Galaxy J turkumiga mansub smartfonlari uchun yana ikkita yangi nomni ro‘yxatga olish uchun AQSh Patentlar va savdo belgilari boshqarmasi (USPTO)ga ariza yo‘llagan.

O‘QING: Sirli ro‘yxat: Samsung bu yil taqdim qiladigan smartfonlar

Arizaga ko‘ra, qayd etiladigan markalar Galaxy J3 Aura hamda Galaxy J7 Aura deb nomlanadi. Manbalarning guvohlik berishicha, tegishli ariza USPTO’ga joriy yilning 6 aprelida yuborilgan.

Nomlaridan ma’lumki, ikkala yangi modeldagi telefon ham hamyonboplar turkumiga mansub. Ammo ular ayni shu nom bilan global bozorga chiqariladimi yoki biror uyali aloqa operatori uchun mo‘ljallanganmi – shunisi hozircha aniq emas.

Kuzatuvchilarning taxminlariga ko‘ra, Samsung yangi Aura smartfonlarida o‘zining Exynos protsessorlarini qo‘llaydi. Ularning ekrani diagonaliga 5,5 dyuymdan oshmasligi ehtimoli yuqori.

Galaxy J3 Aura hamda Galaxy J7 Aura smartfonlari yaqin oylarda taqdim etilishi kutilmoqda, ammo narxlari hozircha aniq emas. Biroq Samsung’ning savdoga chiqarilgan boshqa ko‘plab smartfonlari

O‘QING: Butun O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib beriladigan Galaxy S9+ va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 2 aprel)