Samsung zarbalarga chidamli Galaxy S7 Active flagmanini ishlab chiqaradi

Samsung zarbalarga chidamli Galaxy S7 Active flagmanini ishlab chiqaradi

Samsung Galaxy S7 flagmani IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan bo‘lsa ham, uni to‘liq ishonchli deb bo‘lmaydi: smartfonni tushirib yuborishdan saqlash lozim. Hindistonning import-eksport treking sayti bo‘lmish Zauba`da e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung SM-G891A raqami ostida yangi modelni sinovdan o‘tkazmoqda.

O‘tgan yilgi Galaxy S6 active smartfoni SM-G890A raqami ostida ishlab chiqarilganini hisobga olsak, taxmin qilish mumkinki, avvalgi flagmanning zarbalarga chidamli talqinini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Texnik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. agarda kompaniya o‘zining odatiy ishlab chiqarish yo‘lini tanlaydigan bo‘lsa, smartfon flagman xususiyatlarga yaqin imkoniyatlarga ega bo‘ladi: 5,1 dyuymli superAMOLED QHD-ekran, Exynos 8890 / Snapdragon 820, 4 Gb tezkor xotira va hokazo. Akkumulyator sig‘imi oshirilishi va qobig‘i (korpusi) MIL-STD-810G harbiy standartlari (IP68dan tashqari)ga mos raivshda himoyalanishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!