SanDisk yanada tezkor, ilg‘orroq fleshkani namoyish qildi

SanDisk yanada tezkor, ilg‘orroq fleshkani namoyish qildi

Ma’lumot tashuvchi elektron qurilmalari bilan mashhur SanDisk kompaniyasi USB-C xotira kartalarining ikkinchi avlodini namoyish qildi. Ma’lum bo‘lishicha, yangi USB-C o‘zining avvalgi talqiniga qaraganda tezkor, innovatsion va ixcham.

128 GB ma’lumotni sig‘dira oladigan SanDisk Ultra Dual Drive USB Type-C fleshkasining ikki tomoniga USB-C hamda USB-A konnektorlari o‘rnatilgan. Fleshka korpusidagi slayderni tortib, ulardan foydalanish mumkin.

USB 3.1 standartining tatbiq etilishi natijasida SanDisk’ning yangi fleshkasida o‘zaro ma’lumot almashish tezligini soniyasiga 150 Mb.ni tashkil etmoqda.

sandisk_ultra_usb-c_2_575px.0

Ekspertlar USB-C standartiga ega fleshkalardan yaqin yillarda foydalanish to‘xtamasligini aytishmoqda.

Amazon internet do‘konida SanDisk Ultra Dual Drive USB Type-C innovatsion fleshkasining 16 GB talqini $19.99 dollar, 32  GB talqini $29.99 dollar, 64  GB talqini $39.99 dollar, hamda 28  GB talqini $69.99 dollardan sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!