Segata 7 mm qalinlikka ega 2 TBlik HDD yetkazib beradi

Segata 7 mm qalinlikka ega 2 TBlik HDD yetkazib beradi

Segata technology kompaniyasi qattiq disklardagi yangi to‘plovchi vosita ishlab chiqargani haqida ma’lum qildi. Bu SEAGATE MOBILE HDD kuchli noutbuklar uchun mo‘ljallangan.

Ferra.ru axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2,5 dyuymlik modelning qalinligi 7mm va 2TBgacha xotira sig‘imiga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, bu dunyodagi eng ingichka va tez ishlovchi, 2 TB sig‘imga ega mobil qatiq diski hisoblanadi.

Seagate Mobile HDD avvalgi avlodlaridan 25 foiz kamroq og‘irlikka ega. Ya’ni 90 gramm kamroq tosh bosadi. U SATA interfeysini 6 Gbit/s.da qo‘llay oladi. Ma’lumotlar uzatish bo‘yicha eng yuqori tezligi 600 Mb/s.gacha oshadi, davomiy uzatmasi 100 Mb/s. Qurilmaning kesh-xotirasi 128Mb.

Kompaniya Seagate Mobile HDDning 1 va 2 Tb xotiraga ega variantlarini yetkazib berishni allaqachon boshlab yubordi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!