Sekundiga 5 Gb/s - bu Wi-Fi 7
Bir necha kun oldin Intel va Broadcom kompaniyalari birgalikda yangi avlod Wi-Fi standartining ishlashini ko'rsatib beruvchi kichik taqdimot o'tkazishdi. Intel xodimi Karlos Kordeyro va Vijay Nagarajan, Broadcom simsiz ulanish bo'limi vitse-prezidenti ishtirokida o'tkazilgan tadbirda Wi-Fi 7 tezligi bilan Wi-Fi 6/6E tezligini taqqoslandi.
Intel Core protsessori o'rnatilgan noutbuklarda Broadcom'ning Wi-Fi 7 demosining kirish nuqtasiga ulangan holda o'tkazilgan sinovda yangi avlod Wi-Fi standarti havo orqali soniyasiga 5 Gb/s barqaror tezlikda ishlashi ma'lum bo'ldi. Bu avvalgi Wi-Fi 6 avlodidan 5, Wi-Fi 6E avlodidan esa 2.5 barobar tezroq bo'lib, u bundan ham tezroqqa chiqishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, Wi-Fi 7'ning bunday katta tezligi simsiz AR/VR qurilmalaridan foydalanish, 16K'gacha bo'lgan o'ta yuqori sifatli videolarni strim qilish, uy yoki ofisda bir nechta ulangan qurilmalar bilan ham super-silliq holatda o'yinlar o'ynash imkonini beradi.
Wi-Fi 7'ni qo'llab-quvvatlaydigan qurilmalar 2023-yilning ikkinchi yarim choraklarida chiqishi mumkin. Aytish kerakki, Intel rahbari Wi-Fi 7 o'rnatilgan kompyuterlar 2024-yilgacha chiqarilishini ma'lum qilgan edi.