Sensatsiya: har qanday yuzani sensorga aylantirish texnologiyasi yaratildi!

  •   DiMaX
  •  1158
  •  12.05.2017 16:47

Sensatsiya: har qanday yuzani sensorga aylantirish texnologiyasi yaratildi!

Amerikalik olimlar ishlab chiqqan yangi texnologiya Electrick deb nomlandi, deb yozadi GeekLand sayti. Ularning ixtirosi shundan iboratki, maxsus o‘tkazuvchan bo‘yoq bilan istalgan narsaning sirtini sensor yuzaga aylantirish mumkin!

Uning yordamida endi istalgan predmetni yoki biror narsaning yuzasini teginishlarni sezadigan qilish, so‘ngra u yoki bu harakatlarning bajarilishi uchun dasturlash mumkin.

Tadqiqotchilarning o‘zlari aytishlariga ko‘ra, ularning yangi ishlanmasi xuddi sensor orqali boshqariluvchi ko‘pchilik qurilmalar singari, «shuntirlovchi effekt»ni, ya’ni, elektr uzatish chiziqlarining ishlash sifatini oshirish usulini qo‘llaydi. Bunga esa elektr tomografiyasi yordamida erishilgan; u elektrod juftligi orqali tokning kichik bir qismini o‘tkazib yuboradi va kuchlanishning har qanday o‘zgarishlarini qayd etadi.

Yetakchi mutaxassislardan birining ta’kidlashicha, shu paytgacha hali hech kim bo‘yoqli balloncha yordamida istalgan yuzani sensorga aylantirgan emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!