Senseit L208 – oylab zaryadlanmasdan ishlaydigan telefon

Senseit L208 – oylab zaryadlanmasdan ishlaydigan telefon

Senseit kompaniyasi kuni kecha Rossiyada Senseit L208 telefonini namoyish qildi. Model klassik form-faktorda ishlab chiqilgan, uzoq vaqt zaryadlanmay ishlash xususiyati bilan farqlanadi, deb yozmoqda Ferra sayti.

Telefon sodda interfeys va yirik mexanik tugmalar bilan jihozlangan. Shuning uchun undan katta yoshdagi odamlar ortiqcha qiyinchiliksiz foydalanishlari mumkin. Senseit L208 sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lgan yirik batareyaga ega, shu bilan birga, telefon orqali boshqa smartfonlarni ham zaryadlash mumkin. Avtonom ishlash vaqti 2100 soat yoki 3 oyni tashkil etadi. Suhbat rejimida esa telefon ikki kun xizmat qilishi mumkin.

Telefonga 2,4 dyuymli ekran o‘rnatilgan, aniqligi 240 x 320 piksel. FM-radio, audiopleyer va videopleyer, Bluetooth moduli, 32 GBgacha karta o‘rnatish mumkin bo‘lgan microSD sloti va ikkita SIM-karta sloti bilan ta’minlangan.

Qurilmaning narxi 1990 rubl (30 dollar atrofida).

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!