Sharp eng romsiz smartfon bilan Yevropaga yurish qilmoqchi

  •   DiMaX
  •  1368
  •  15.12.2017 12:58

Sharp eng romsiz smartfon bilan Yevropaga yurish qilmoqchi

Shu yilning kuzida Sharp kompaniyasi Xitoyda o‘zining romsiz ekranli Sharp Aquos S2 modelini taqdim etgan edi. Garchi bu smartfon yaxshi sotilmagan esa-da, yaponlar umidlarini so‘ndirishmayapti, deb yozadi GizmoChina.

O‘QING: Sharp Aquos S2: yapon texnologiyasi o‘rtacha narxda

Kompaniyaning uyali qurilmalar biznesi rahbari Luo Jonshen so‘zlariga ko‘ra, kelasi yilning yanvaridayoq ular ekrani old panelni rekord darajada to‘liq egallovchi devaysni taqdim etishmoqchi. Xabarga ko‘ra, yangi smartfon raqobatchilaridan 3-6 oyga ilgarilab ketadi.

O‘QING: Haqiqiy romsiz smartfon qanaqa bo‘lishini Sharp ko‘rsatib qo‘ymoqchi!

Yaqinda Sharp bosh direktori Tai Jen-vu kompaniya smartfonlarini Yevropa bozoriga qaytarish rejasini ma’lum qilgan edi. Mazkur qurilmalar turkumini Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etishmoqchi.

Mazkur devayslarda asosiy urg‘u smartfonsozlikdagi bosh trendlardan biri – tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatidagi ekranlarga qaratiladi. Yangi gadjetlar orasida FS8018 indeksiga ega model ham mavjud bo‘lib, u allaqachon benchmarklarda sinovdan o‘tib ham ulgurgan.

Ehtimol, hali ekranlarning romsiz bo‘lishi trendga aylanmasidan ancha oldin ham Aquos Crystal romsiz smartfonlarini ishlab chiqargan Sharp kompaniyasi yana urfdan bir qadam oldinga chiqib olishni ko‘zlagandir.

O‘QING: Barmoq izi skaneri 4K-displey ostiga joylangan ilk smartfon!