Shavkat Mirziyoyev dronlar ishlab chiqarishni joriy etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev dronlar ishlab chiqarishni joriy etishga chaqirdi

O‘zbekiston  Prezidentining Toshkent viloyati bo‘ylab safarida viloyat qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini monitoringdan o‘tkazish ishlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi,– deb xabar beradi davlat rahbarining rasmiy sayti. Bunda kvadrokoptor yordamida yer maydonlarini o‘lchash, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, yer maydonlarini aerofotos’yemka qilishga e’tibor qaratilgan. Kommersant.uz shu haqda yozmoqda.

Yer maydonlarini AN-2 samolyoti va kvadrokopter yordamida o‘lchash natijalari taqqoslandi. Ma’lum bo‘lishicha, 100 gektar maydonni samolyot yordamida 20 soatda o‘rganilsa, kvadrokopter qo‘llanilganda xuddi shu hajmdagi ishlarga 4 soat sarflanar ekan. Bundan tashqari, ekinlarga agrodron, OVX purkagichi va samolyot yordamida ishlov berishning qiyosiy ko‘rsatkichlari ham namoyish etildi. Ish unumdorligini oshirishda zamonaviy agrodronlarning imkoniyatlari yuqori baholandi.

– Bu kabi zamonaviy qurilmalar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega,– dedi Shavkat Mirziyoyev.– Agar sohaning ertangi kunini o‘ylasak, bunday zamonaviy tizimga tezroq o‘tishimiz kerak. Dronlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, bu borada qo‘shma korxona tuzish va kadrlar tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Shuningdek, Prezidentimizga tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilayotgan yirik loyihalar haqida ham so‘zlab berildi. Loyihalarda qog‘oz mahsulotlarini qayta ishlash, meva-sabzavotlarni qadoqlash uchun gofrakarton qutilar ishlab chiqarish, parrandachilik sohasini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini quritish ko‘zda tutilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!