Shayx to‘yiga kelgan har bir mehmonga IPhone 8 sovg‘a qildi

Shayx to‘yiga kelgan har bir mehmonga IPhone 8 sovg‘a qildi

O‘tgan haftada YouTube tarmog‘ida e’lon qilingan hamda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan nikoh to‘yi tasvirga tushirilgan video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi.

Misrning El Bashayer nashriga ko‘ra, videoning bu qadar tez sur’atlarda ommalashishi to‘yda kelin-kuyovning har bir mehmonga yap-yangi iPhone 8 flagmanini sovg‘a qilgani bo‘lgan. Bu to‘g‘rida video muallifi ham o‘z videosida ma’lum qilgan.

Videoda ham ko‘rish mumkinki, ofitsiantlar chindan ham patnislardagi smartfon qadoqlarini mehmonlarga tarqatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu to‘y shodiyonalari Saudiya Arabistoni g‘arbida joylashgan Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan. Garchi, video tezda ommalashib, ulashilgan bo‘lsa ham, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyati bu videodagi holatni isrofgarchilik sifatida tanqid ostiga olgan.

O‘qingUzoq kutilgan iPhone 8 taqdim qilindi!

Iordaniyaning Al Bawaba nashrining to‘yda ishtirok etgan guvohlardan biriga asoslanib yozishicha, aslida patnisdagi qadoqlarda smartfonlar emas, sharqona to‘ylarda mehmonlarga tarqatiladigan an’anaviy shirinlik bo‘lgan. Yana kim biladi deysiz, shayxlardan har narsani kutsa bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!