Shon Parker: "Facebook bois ongimizda nimalar sodir bo‘layotgani yolg‘iz Xudoga ayon"

Shon Parker:

Facebook tarmog‘ini ishlab chiqish jarayonida dasturchilar imkoni boricha foydalanuvchilarni tarmoqda uzog‘roq vaqt olib qoladigan va inson ruhiyatiga ta’sir qiladigan, ongni "qo‘lga oladigan" tarmoq yaratishni maqsad qilganlar. Bu to‘g‘rida Facebook sarmoyadorlaridan biri, kompaniyaning sobiq prezidenti Shon Parker ma’lum qilgan.

Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqni yaratish boshlangan ilk kundayoq inson ruhiyatining zaif nuqtalari nishonga olingan. Xususan, “Yoqdi” (“Like”), "Jahl" (Angry) kabi reaksiyalar bilan Facebook foydalanuvchilarining diqqatini o‘ziga tortishga urinmoqda. Bu kabi "tugma"lar inson miyasida dofamin nomli gormonining ishlab chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Aynan mana shu neyromediatorga bo‘lgan ehtiyoj sabab foydalanuvchilar Facebook”da ko‘proq vaqt qolib ketishga majbur bo‘lmoqdalar.

Filadelfiyadagi Axios internet-nashr tadbirida ishtirok etgan Parker o‘z nutqida Facebook yaratilgan ilk kunlarda aksariyat odamlar ijtimoiy tarmoqqa ehtiyoji yo‘qligi, real hayotdagi munosabatlarni afzal ko‘rishini ma’lum qilganini, biroq ko‘p o‘tmay foydalanuvchilar soni 2 mlrd nafarga yetganini aytadi.

Facebook”ning ilk kunlarida uning yaratuvchisi Mark Zukerbergni qo‘llab-quvvatlagan va buning ortidan milliardlab dollar ishlab topgan Parker, saytning yoshlarga ta’siri haqida muhim ogohlantirish bilan chiqdi.

"Ijtimoiy tarmoqdan foydalanish sizning jamiyat hamda do‘st-yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni bir zumda buzadi, ish va o‘qish samarasiga yomon ta’sir qiladi. Facebook ta’sirida farzandlarimizning ong-shuurlarida nimalar sodir bo‘layotgani yolg‘iz Xudoga ayon", deydi investor.

Miya va ruhiyat bilan bog‘liq tadqiqiotlarda bungacha ham Facebook va internet qaramliligining giyohvand moddalari qaramliligiga o‘xshashligi o‘z isbotini topgan. Jumladan, Facebook”ga teshigli Instagram tarmog‘i ham yoshlarning o‘z-o‘ziga bino qo‘yishi, tushkunligiga sabab bo‘lishi isbot qilingan. Biroq, ijtimoiy tarmoqdan me’yorida foydalanish inson salomatligiga ijobiyt a’sir qilishi ham tadqiqotlarda ayon bo‘lgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.