Siri endi WhatsApp’dagi so‘nggi xabarlarni o‘qib beradi

Siri endi WhatsApp’dagi so‘nggi xabarlarni o‘qib beradi

Ma’lumki, iOS 10 operatsion tizimida Siri ovozli yordamchisiga yangi bazaviy funksiyalarni qo‘shish va uning imkoniyatlarini kengaytirish qulayligi yaratilgan edi. Xohlagan ilova yaratuvchilari smartfon foydalanuvchilariga o‘z mahsulotlarini Siri orqali boshqarish imkoniyatini berishi mumkinligidan foydalanib, WhatsApp messenjeri ishlab chiqaruvchilari ovozli yordamchi tizimni o‘z ilovalari bilan bog‘lab qo‘yishdi.

WhatsApp onlayn-chatining so‘nggi yangilanishidan so‘ng Siri virtual ovozli yordamchisi jahonning eng ommalashgan messenjerini to‘liq qo‘llab-quvvatlay boshladi. Endi foydalanuvchi Siri’ga ovozli buyruq berishi bilan virtual yordamchi WhatsApp messenjeriga kelgan so‘nggi xabarlarni o‘qib beradi.

Buning uchun iOS 10.3 va undan yuqori talqindagi operatsion tizimga ega ayfon egalariga ilovaning 2.17.20 talqini kerak bo‘ladi. Unga rus yoki ingliz tilida «Hello, Siri, WhatsApp’dagi so‘nggi xabarlarni o‘qib ber» deyish kifoya.

WhatsApp Messenger’ni iPhone uchun ushbu manzilda bepul yuklab olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!