Smartfon xaridida e’tibordan chetda qoladigan muhim funksiya

Smartfon xaridida e’tibordan chetda qoladigan muhim funksiya

Tezkor yangiliklar, so‘nggi hit-tarona va retro-musiqalar, qiziqarli suhbatlarni tinglash uchun OAV orasida radio eng yaxshi tanlov. Ayniqsa, radio signal ushlaydigan sensorlarning smartfonlarga ko‘chayotgani smartfonni yana bir yaxshi funksiya bilan boyitadi. Ko‘pchiligimiz smartfon xarid qilayotganda ana shu jihatiga e’tibor qaratishni esdan chiqaramiz va keyin afsuslanamiz.

Tahlillarga ko‘ra, smartfon foydalanuvchilarining 80%i qo‘l telefonlarida radioning borligini ma’qul ko‘rishar ekanlar.  To‘g‘ri, internet tarmog‘ia ulanib ham radiolarni tinglash mumkin bo‘lmoqda. Ammo, ortiqcha megabayt sarflashni nima keragi bor? Shu bois, quyida FM to‘lqinlari datchigiga ega smartfonlar to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

ASUS ZenFone 3 (ZE552KL):

Ekran: 5,5 dyuymli Full HD (IPS matritsa);

Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625, Adreno 506 video-karta (grafikaga boy o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlaydi);

Xotira: 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy (kattalashtirish mumkin);

Kamera: 16 MP bosh (lazerli avtofokus va raqamli yaqinlashtirish, optik barqarorlashtirish, f/2,0 apertura, 6 linzali), 8 MP old;

Operatsion tizim: Android 6.0

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 3G, 4G LTE, LTE-A, Wi-Fi, Bluetooth, GPS, GLONASS;

Akkumulyator: 3000 mA soat;

O‘lchamlari: 77.38×152.59×7.69 mm, 155 gramm;

Narxi: 300 dollardan boshlab.

Honor 6X:

Ekran: 5,5 dyuymli Full HD (IPS matritsa);

Protsessor: 8 yadroli Kirin 655;

Xotira: 3/4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy (kattalashtirish mumkin);

Kamera: qo‘sh sensorli bosh kamera — 12 MP + 2 MP bosh (fazali avtofokus, 6 elementli linza), 8 MP old;

Operatsion tizim: Android 6.0

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 3G, 4G LTE, LTE-A, Wi-Fi, Bluetooth, NFC, GPS, GLONASS;

Akkumulyator: 3340 mA soat;

O‘lchamlari: 76.20×150.90×8.20 mm, 162 gramm;

Narxi: 260 dollardan boshlab.

LeEco Le Pro 3:

Ekran: 5,5 dyuymli Full HD (IPS matritsa);

Protsessor: 4 yadroli (2x Kryo 2,35 GGs + 2x Kryo 2,0 GGs) ilg‘or Qualcomm Snapdragon 821, video-karta — Adreno 530;

Xotira: 4/6 GB tezkor va 32/64 Gb doimiy;

Kamera: 16 MP bosh (avtofokus), 8 MP old;

Operatsion tizim: Android 6.0 Marshmallow

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 4G  (LTE Cat. 12), 3G, Wi-Fi (IEEE 802.11 b/g/n/ac), Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS, NFC, IrDA;

Akkumulyator: 4070 mA soat;

O‘lchamlari: 151,4×73,9×7,5 mm, 175 gramm;

Narxi: 300 dollardan boshlab.

Lenovo P2:

Ekran:  5.5 dyuymli Full HD (AMOLED-matritsa);

Protsessor: 64 bit, 8 yadroli, 2 GGs chastota tezligiga ega Qualcomm Snapdragon 625;

Xotira: 3/4 Gb tezkor va 32 Gb doimiy (kattalashtirish mumkin);

Kamera: 13 MP bosh (fazali avtofokus), 5 MP old;

Operatsion tizim: Android 6.0;

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 3G, 4G LTE, LTE-A, Wi-Fi, Bluetooth;

Akkumulyator: 5100 mA soat;

O‘lchamlari: 76x153x8.30 mm, 177 gramm;

Narxi: 286 dollardan boshlab.

LG V10:

Ekran:  5.7 dyuymli QuadHD (2560×1440 pikselli, IPS LCD matritsa);

Protsessor: 4 yadroli (2 tasi 1.44 GGs (Cortex-A53) va 2 tasi 1.8 GGs (Cortex-A57) Qualcomm Snapdragon 808 (MSM8992), video-karta Adreno 418;

Xotira: 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy (2 terabaytgacha kattalashtirish mumkin);

Kamera: 16 MP bosh (f/1.8, lazerli fokuslash, 3 asosda optik barqarorlashtirish), 2 ta sensorli 5 MP old (f/2.2);

Operatsion tizim: Android 5.1 Lollipop, LG UX 4;

Aloqa: 2 ta SIM-kartali, 3 GSM/EDGE, WCDMA, LTE Cat 9;

Akkumulyator: 3000 mA soat;

O‘lchamlari: 159.6 x 79.3 x 8.6 mm, 192 gramm;

Narxi: 400 dollardan boshlab.

Oukitel U15 Pro:

Ekran: 5,5-dyuymli HD-ekran;

Protsessor: 8 yadroli, 1,3 GGs chastota tezligida ishlaydigan MediaTek MTK6753 protsessor, Mali-T720 MP3 video-kartasi;

Xotira: 3 Gb tezkor va 32 GB doimiy (doimiy xotirani kengaytirish mumkin);

Kamera: 13 MP bosh va 5 MP old;

Operatsion tizim: Android 6.0;

Aloqa: 3G, 4G LTE, Wi-Fi, Bluetooth, GPS, GLONASS;

Akkumulyator: 3 000 mA soat;

O‘lchamlari: 78×153.20×8.70 mm, 201 gramm;

Narxi: 150 dollardan boshlab.

Sony Xperia XA Ultra:

Ekran: 6 dyuymli Full HD ekran;

Protsessor: MediaTek Helio P10;

Xotira: 3 GB tezkor va 16 Gb doimiy (doimiy xotirani kengaytirish mumkin);

Kamera: 21.50 MP bosh (avtofokus, F/2.4), 16 megapikselli old;

Operatsion tizim:  Android 6.0;

Aloqa: 3G, 4G LTE, LTE-A, Wi-Fi, Bluetooth, NFC, GPS, GLONASS;

Akkumulyator: 2700 mA soat;

O‘lchamlari: 79x164x8.40 mm, vazni: 202 gramm;

Narxi: 300 dollardan boshlab.

 

Xiaomi Redmi Note 4X (Shuningdek, Xiaomi Redmi Note 4’da ham FM-radio mavjud):

Ekran: 5,5 Full HD (IPS) ekran;

Protsessor: 8 yadroli, 2 GGs.gacha chastota tezligiga ega  Qualcomm Snapdragon 625, video-karta — Adreno 506;

Xotira: 3 GB tezkor va 32 Gb doimiy (doimiy xotirani kengaytirish mumkin);

Kamera:  13 Mp bosh (avtofokus, f/2,0), 5 Mp old (f/2,0, fokusni belgilash);

Operatsion tizim:  Android 6.0;

Aloqa: 3G, 4G LTE, LTE-A, Wi-Fi, Bluetooth, GPS, GLONASS;

Akkumulyator:  4100 mA soat;

O‘lchamlari:  151×76×8,35 mm, vazni: 175 gramm;

Narxi: 150 dollardan boshlab.