Smartfon yorug‘ligida ishlaydigan dunyodagi eng kichik 3D-printer ishlab chiqildi

Smartfon yorug‘ligida ishlaydigan dunyodagi eng kichik 3D-printer ishlab chiqildi

Smartfon bazasida ishlaydigan ilk 3D-printer Amerikaning OLO startapi tomonidan ishlab chiqildi. Smartfon quvvati va uning yorug‘ligi asosida ishlaydigan qurilmani Kickstarter orqali 99 dollar loyihaga sarmoya kiritgan holda sotib olish mumkin.

OLO – mavhum loyiha emas, to‘laqonli ish beradigan uskuna. Uni birinchi marta 2015 yilning oktyabrida Nyu-Yorkda, gadjet World Maker Faire Editor’s Choice Award mukofotini qo‘lga kiritgan vaqtda taqdim etishgan edi.

Vazni 780 gramm bo‘lgan qurilmaning o‘lchamlari 172x115x148 mm bo‘lib, an’anaviy 3D-printerda qo‘llaniladigan qimmatbaho ehtiyot qismlari yo‘qligi sababli juda arzon baholanmoqda. O‘zining protsessori va unga hamroh qismlar ishini smartfon bajaradi, to‘rtta oddiy batareyalar esa akkumulyator vazifasini ado etadi.

OLO qariyb barcha smartfonlarga “tushadi” va Android, iOS va Windows mobil operatsion sistemalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning kamchiligi ikkita: chop etish mumkin bo‘lgan modelning cheklangan hajmi va faqatgina o‘zini ishlab chiqargan firma xom ashyolaridan ishlaydi.

OLO uch qismdan tarkib topgan – smartfon o‘rnatiladigan asos, ichida chop etish jarayoni amalga oshadigan keng romlar va dvigatel. Dvigatelga harakatlanuvchi plastina biriktirilgan bo‘lib, u chop etiladigan ob’yektni shakllantiradi. Smartfon yorug‘ligi esa chop etish xom ashyosi hisoblangan suyuq polimerni qotirish uchun kerak bo‘ladi.

Printer quyidagicha ishlaydi:

Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishlaricha, Autodesk 123D Catch dasturidan foydalangan holda har qanday uch o‘lchamli ob’yektni chop etish, uning modelini ishlab chiqish va 10 daqiqa ichida uni 3D-printerda chop etish mumkin. Birinchi sarmoyadorlar OLO`ni 2016 yilning sentyabridan sinab ko‘rishlari mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!