Smartfonni begona ko‘zdan saqlovchi ilova yaratildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1561
  •  28.11.2017 18:11

Smartfonni begona ko‘zdan saqlovchi ilova yaratildi! (+video)

Google kompaniyasi neyron tarmog‘i asosida yaratgan yangi ilova smartfon ekraniga begonalar nazar solishini aniqlay oladi. Bu haqda iGuides sayti xabar bergan.

O‘QING: Android uchun «dunyodagi eng zo‘r» yuzni tanish tizimi Rossiyada yaratildi

Agarda birorta messenjerda yozishayotgan bo‘lsangiz-u, kimdir smartfoningiz ekraniga mo‘ralab qolsa, Google yaratgan mazkur ilova darhol buni payqaydi va messenjerni bloklab qo‘yadi. Begona nigohlarni aniqlash uchun bu dastur qurilmaning old kamerasidan foydalanadi.

Har qanday yorug‘lik sharoitida va tana joylashuvidan qat’i nazar, birov ekranga mo‘ralayotganini u sezadi. Begona nigohni bu tizim atigi 2 millisoniyadayoq payqab oladi. Bunga erishishdagi asosiy omil shundaki, nigohni aniqlovchi kerakli amallar Google serverida emas, balki bevosita smartfonning o‘zida bajariladi.

Dasturning ish jarayoni videotasvirga olinib, YouTube’ga joylangan. Mana, o‘zingiz guvohi bo‘lishingiz mumkin:

Aftidan, Google mazkur ilovani ommaviy foydalanishga chiqarmasdan, balki, tajriba maqsadlarida qo‘llasa kerak, deyiladi xabarda. Ehtimol shundaydir, bu borada yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.