Smartisan’ning mutlaqo romsiz, Snapdragon 845’li flagmani tayyor!

  •   DiMaX
  •  2168
  •  26.04.2018 11:25

Smartisan’ning mutlaqo romsiz, Snapdragon 845’li flagmani tayyor!

Xitoylik biz bilgan va bilmagan ko‘plab smartfonsozlar yetakchi kompaniyalar ham qilib ko‘rmagan innovatsiyalarga qo‘l urishadi va ba’zida buni zo‘r uddalashadi ham. Shundaylardan biri – Smartisan o‘tgan yili o‘zining Smartisan Nut 3 smartfonini taqdim etgan edi.

O‘QING: Smartisan Nut Pro: hashamdor “qo‘sh ko‘z”lining narxi hayratda qoldirmoqda

Endi bu kompaniya haqiqatan ham to‘liq ekranli – displeyining hech bir tomonida umuman romi bo‘lmagan birinchi smartfonni tayyorladi. Smartisan R1 deb nomlanuvchi ushbu qurilmaning suratini insayderlar internetga ham chiqarib yuborishdi.

Smartisan R1 smartfoni yaqinda Xitoyning CCC regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tdi, bu esa uning taqdimot sanasigacha oz vaqt qolganligidan dalolatdir.

Shuningdek, Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Smartisan rasmiy sahifasida reklama tarzidagi post e’lon qilingan. Unda yakka kristalli Snapdragon 845 tizimining xususiyatlari tavsif etiladi. Shunga qaraganda, mutlaqo romsiz Smartisan R1 mazku protsessor bazasida ishlaydi.

Smartisan R1 flagmanining narxi va texnik xususiyatlari ma’lum emas. Ammo uning 15 may kuni taqdim etilishi kutilayotir, ehtimol, bozorga ham tez orada chiqarilsa kerak. Agar Xitoyda sotuvga qo‘yilsa, ehtimol, uni onlayn savdo platformalari orqali xarid qilish imkoni ham tug‘ilar.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!