SMS-xabarlardan bezor bo‘lganda kimga murojaat qilish kerak?

SMS-xabarlardan bezor bo‘lganda kimga murojaat qilish kerak?

— Telefonimga uyali aloqa operatori turli xizmatlar taklif etilgan xabarlarni muntazam yuborib turadi. Telefon raqamimga mening ruxsatimsiz bunday xabarlarning jo‘natilishi qonuniymi? Asabimga tegadigan bunday holatlar yuzasidan vakolatli organlarga murojaat etishim mumkinmi?

Adham Xoldorov,

Termiz tumani

Savolga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi  o‘rinbosari Alisher Fayzullayev javob beradi:

— Mobil aloqa operatorlari tomonidan fuqarolarning uyali telefonlariga keladigan xabar (SMS)lar ikki turga bo‘lish mumkin:

— kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar (tariflar, yangi xizmatlar, yangilik va o‘zgarishlar) to‘g‘risida xabardor qilish;

— ijtimoiy muhofaza mazmunidagi xabarlar (ob-havo, favqulodda vaziyatlar, tegishli davlat organlarining e’lonlari).

Iste’molchilarning biror masala yuzasidan xabardorligini oshirish muayyan sohada xizmat ko‘rsatuvchi organning majburiyati hisoblanadi. O‘z navbatida bu axborotlarni olish har bir fuqaroning huquqidir. Agar mazkur turdagi SMS-xabarlarni uzatish xizmatidan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, sizga xizmat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatoriga murojaat qiling.

Manba: Tafsilot.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!