Snapdragon 835 ma’lumot uzatishda Huawei protsessoriga mag‘lub bo‘ldi

Snapdragon 835 ma’lumot uzatishda Huawei protsessoriga mag‘lub bo‘ldi

Shu yilning oktyabrida taqdim qilingan Huawei Mate 10 Pro flagmani «neyronli protsessor»ga ega degan marketing atamasi bilan alohida e’tirof etilgan edi. Uning bortida so‘nggi ilg‘or texnologiya, ya’ni "sun’iy intellekt" omili tatbiq qilingan Kirin 970 chipseti o‘rnatilgan.

Huawei kompaniyasi o‘z protsessorini hozirgi flagman chiplardan qolishmasligini bir necha marta aytgan edi. Kuni kecha Kirin 970 ma’lumotlar uzatishda Snapdragon 835 flagmanini ortda qoldirdi. Natijada, Huawei Mate 10 Pro raqiblari orasida ma’lumot uzatishda tengsiz ekani ayon bo‘ldi. Bu to‘g‘rida GizChina nashri ma’lumot tarqatdi.

Huawei Xitoy tarmoqlarida tarqatgan Speedtest imtihon jarayoni aks etgan suratga ko‘ra, Mate 10 Pro soniyasiga 1039,61 megabit ma’lumot uzatgan. Snapdragon 835'ning bu boradagi natijasi sekundiga 1 gigabit (1000 megabit) edi.

O‘qing: Huawei "sun’iy ong"li Mate 10 flagmanlarini taqdim qildi

Kompaniya rahbari Richard Yuning xabar berishicha, Kirin 970 aloqa signaligi manbadan uzoqda turib ham, jumladan yer osti yo‘llarida ham oson va tez ushlaydi hamda aloqaning uzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

«Neyronli protsessor»
Kirin 970 chipi 2,8 GGs chastota tezligiga ega. 8 yadroli (4x Cortex A73 va 4x Cortex A53) bu protsessor ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi.

Kirin 970 protsessorida alohida NPU (Neural Processing Unit) deb nomlangan blok mavjud. Bu qismga joriy qilingan "sun’iy idrok" texnologiyasi yordamida smartfon "aqlli mashina"ga aylanadi va qator ilg‘or funksiyalarni bajaradi. Misol uchun, bu texnologiya smartfonga fotosuratdagi buyumlarni tanib olish, olingan suratlarni sifatli qilib qayta ishlash kabi vazifalarni bajaradi. Istiqbolda Huawei har bir smartfoniga bu texnologiyani tatbiq qilmoqchi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!