Sony DVD’ga bo‘lgan talabning tushishi sababli 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Sony DVD’ga bo‘lgan talabning tushishi sababli 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Jahonda onlayn video servislar ommalashgani tufayli DVD qurilma va disklarga bo‘lgan talabning tushishi natijasida Sony kompaniyasi 2016 yilda 1 mlrd dollar atrofida moliyaviy zarar ko‘rgan. Bu haqdagi hisobot tez orada e’lon qilinadi, deb xabar bermoqda IXBT nashri Reuters axborot agentligiga tayanib.

Sony bundan buyon DVD va Blu-ray disklar ishlab chiqarishni keskin kamaytirishni rejalashtirgan. Kompaniyaning qayd etishicha, bunday holat jahon bozorining umumiy tendensiya bilan mos tushadi.

Sony ko‘rilgan zararni qoplash uchun o‘ziga tegishli onlayn tibbiy xizmat ko‘rsatadigan M3 kompaniyasining bir qism aksiyalarini sotish maqsadida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.