Sony Experia XZ2 va XZ2 Compact 'quvvat yetishi bo‘yicha qirol’ deb e’lon qilindi

Sony Experia XZ2 va XZ2 Compact 'quvvat yetishi bo‘yicha qirol’ deb e’lon qilindi

Turli ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining samaradorligini o‘rganuvchi Strategy Analytics kompaniyasi Sony'ning so‘rovi bilan bozorning premium toifadagi yetakchi smartfonlarining batareya quvvati qanchalik uzoqqa yetishini sinab ko‘rdi.

O‘zaro taqqoslash uchun quyidagi smartfonlar tanlab olindi: Sony Experia XZ2, Sony Experia XZ2 Compact, LG G6, Apple iPhone X, Huawei P10, Samsung Galaxy S9 va Oppo R11.

Bir qancha testlardan so‘ng yakuniy natija quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o‘rin: Sony Experia XZ2

2-o‘rin: Sony Experia XZ2 Compact

3-o‘rin: LG G6

 

Apple iPhone X LG G6'dan atigi bir necha past ko‘rsatkich bilan 4-o‘rinni egalladi.

O‘rganilayotgan smartfonlar quyidagi tartibda test qilib borildi: ular sutkasiga 16 soat davomida ishlatildi va bu vaqt ichida kirish/chiqish qo‘ng‘iroqlari, SMSlar, internetga kirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, o‘yinlar, kamera orqali surat/videoga olish hamda musiqa tinglash funksiyalari qo‘llanildi. Orqa fonda ishlaydigan ilovalar faoliyati to‘xtatib qo‘yilmadi. Ekran yorug‘ligi o‘rtacha me’yorga sozlandi, qurilmaning ovozi maksimumga ko‘tarib qo‘yildi. Qolgan sozlamalar esa standart holida qoldirildi.

O‘zaro taqqoslanayotgan smartfonlar borasida o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin. Nega «bozorning premium toifadagi eng yetakchi smartfonlari» deb turib,yangiroq va kuchliroq LG V30 o‘rniga LG G6 tanlandi, Huawei Mate10 o‘rniga esa Huawei P10? Sababi LG G6 va Huawei P10'ning ikkisi ham Sony Experia XZ2 dan oldin sotuvga chiqarilgan. Bundan tashqari kattaroq hajmdagi batareyaga ega «Plus» talqini o‘rniga Samsung Galaxy S9 va Oppo R11'ning oddiy talqinlari sinovlarga tanlab olindi.