Sony jahondagi eng yaxshi selfi oluvchi Xperia XA Ultra’ni namoyish qildi

Sony jahondagi eng yaxshi selfi oluvchi Xperia XA Ultra’ni namoyish qildi

Sony kompaniyasi yangi Android-smartfon – Xperia XA Ultra’ni jamoatchilikka namoyish qildi. Mazkur “aqlli gadjet” Xperia X smartfon oilasining 4-vakilidir. Xperia XA Ultra nomidan ko‘rinib turibdiki, boshqa modellarga qaraganda yanada innovatsion va yupqa gadjet. Smartfon korpusining konstruksiyasida 2,5D shaklidagi bukik yoki qayrilma ekran hamda metall orqa paneldan foydalanilgan.

Smartfon 6 dyuymli 1920×1080 belgi (1080p) sig‘imli sensor ekranga ega. Yirik displeyga qaramasdan, korpusning yupqaligi va smartfonda bir qo‘lda boshqarish rejimining joriy qilingani ahamiyatli.

Telefon apparati Android 6.0.1 Marshmallow mobil operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Sony Xperia XA Ultra’da 8 yadro, 64 bitli, aloqaning Cat.6 LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan Mediatek (Helio P10 MT6755) protsessoridan foydalanilgan. Gadjetning tezkor xotirasining sig‘imi  3 Gbayt, doimiy ichki xotira esa 16 Gbayt. Shuningdek, microSD bo‘lmachasi orqali xotirani 200 GB.gacha kengaytirish mumkin.

Xperia XA Ultra mobil aloqa vositasining muhim jihati uning 16 MP old kamerasidir. Mazkur kamera yuqori darajadagi sezuvchanlik qobiliyatiga ega. Shu bois, ko‘pchilik ekspertlar uning “eng yaxshi selfi oluvchi smartfoni” bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Innovatsion fotochaqnoq old kameraga yorug‘lik past sharoitda ham aniq-tiniq suratlar olishga yordam beradi. Shuningdek, old kamera optik barqarorlashtirish tizimiga ham ega. Qolaversa, old kamera yuz imo-ishorasi, tana harakati bilan ham boshqarish mumkin.

Smartfonning bosh kamerasi esa  21,5-Mp (Sony Exmor RS) bo‘lib, u gibrid avtofokus tizimiga ega. Bosh kamera tezkor faoliyat ko‘rsatish jihati bilan raqobatda yetakchilik qilish aytilmoqda.

Xperia XA Ultra aloqa vositasining elektr sig‘imi 2700 mA soat bo‘lgan akkumulyatori avtonom rejimda 2 sutkalik suhbatga dosh beradi.  Quick Charger UCH122 – tezkor quvvat olish texnologiyasi qurilmani 10 daqiqa quvvatlab, undan 5.5 soat foydalanish imkonini beradi.

Smartfon o‘lchamlari: 164,2 x 79,4 x 8,4 mm, vazni 190 gramm.

Gadjetning  ba’zi talqinlari 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonda masofa-oraliq, yorug‘likni avtomat aniqlash, akselerometr i giroskop kabi sensor-datchiklardan foydalanilgan.

Xperia XA Ultra smartfoni joriy yilning iyul oyida savdo peshtaxtalariga chiqariladi. Narx masalasida aniq bir ma’lumot yo‘q. Mutaxassislarning fikricha, Xperia XA Ultra’ning 450 AQSh dollari atrofida sotuvga chiqishi uning smartfon bozoridagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi.