Sony mutlaqo romsiz flagman taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  1810
  •  02.07.2017 10:14

Sony mutlaqo romsiz flagman taqdim etadi!

«Xitoycha Twitter» hisoblanmish Weibo tarmog‘ida Sony kompaniyasining yangi flagmani haqidagi ma’lumotlar tarqalgan. Mazkur qurilma shu yilning 1–6 sentyabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan IFA 2017 ko‘rgazmasida taqdim etiladi, deb yozadi Ferra.ru sayti.

Manbaning xabar berishicha, Sony bu ko‘rgazmada taqdim etadigan smartfonda displeyning atrofida rom umuman yo‘q! Mazkur qurilmaga Yaponiyaning JDI kompaniyasi tomonidan yaqinda taqdim etilgan Full Active nomli panel o‘rnatiladi.

Full Active displeyining diagonali 6 dyuymga, tomonlar mutanosibligi 18:9, piksellar sig‘imi esa 1080x2160 ga teng. U aynan romsiz smartfonlarga mo‘ljallab ishlab chiqarilgan.