Sony’ning hali taqdim etilmagan uchta smartfonini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1581
  •  06.01.2018 13:32

Sony’ning hali taqdim etilmagan uchta smartfonini tomosha qiling!

Yaponiyaning yetakchi texnologik kompaniyalaridan bo‘lmish Sony o‘zining Xperia turkumidagi smartfonlari bilan ham yaxshi tanilgan. Uning 2018 yili taqdim etadigan flagmani haqida texnoblonerlar turli xabarlar tarqatishgan, ammo hozircha bu ma’lumotlardan hech biri rasmiy maqomga ega emas.

O‘QING: Sony'ning 2018 yilgi flagmani "qo‘lga tushdi"

Taniqli insayder Evan Blass (@Evleaks) kuni kecha mazkur kompaniyaning birato‘la uchta modelda smartfon tayyorlayotganini aytib qoldi, deb yozadi Venturebeat nashri. Bular Xperia XA2, Xperia XA2 Ultra hamda Xperia L2 rusumli telefonlar bo‘lib, barchasi CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Evan Blass bu smartfonlarning ayrim xususiyatlari va suratlarini ham taqdim etgan. Unga ko‘ra, Xperia XA2 modeli diagonaliga 5,5 dyuymlik Full HD-displeyga ega. Mazkur qurilma sakkiz yadroli Snapdragon 630 protsessori bazasida ishlaydi, 3/4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotiraga ega. Gadjetning asosiy kamerasi 21, old kamerasi esa 7 megapikselli bo‘ladi.

Sony Xperia XA2

Xperia XA2 Ultra ham oddiy XA2 modelidan aytarli farq qilmaydi. Hozircha ma’lum bo‘lgan farqlari – uni diagonali 6 dyuymlik ekran hamda qo‘sh modulli 15 megapikselli selfi-kamera bilan jihozlashadi.

Sony Xperia XA2 Ultra

Sony’ning bu yilgi uchinchi smartfoni – Xperia L2 haqida esa deyarli hech nima ma’lum emas. Unga diagonali 5,2 dyuymlik HD-displey o‘rnatilishi aytilmoqda. Shuningdek, mazkur devays Android Nougat boshqaruvi ostida ishlashi haqida ma’lumotlar chiqqan; qolgan ikkita yangi smartfonga esa Android Oreo operatsion tizim talqini o‘rnatilgan bo‘ladi.

Sony Xperia L2

Ta’kidlash kerakki, tez rivojlanib kelayotgan xitoylik smartfonsoz ham o‘zining navbatdagi flagmanini uch xil talqinda chiqarishi aytilmoqda.

O‘QING: Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!