Sony PS4 uchun ikkita yangi joystik chiqariladi

Sony PS4 uchun ikkita yangi joystik chiqariladi

DualShockers saytining yozishicha, Yaponiyaning Sony kompaniyasi shu yilning oxirigacha Sony PS4 uchun Razer Raiju va Nacon Revolution nomli ikkita yangi joystikni namoyish qilishini ma’lum etgan. Yangi aksessuarlar, asosan, professional o‘yinchilar va eSports turnirlari ishtirokchilariga mo‘ljallanadi.

Razer Raiju zamonaviy ergonomika va sport o‘yinlari uchun tugmalarning yanada qulay joylashuviga ega. Joystikda ikkita qo‘shimcha shift va yechiladigan triggerlar mavjud. Gadjetning old qismi bir qadar yangi dizaynda ishlangan, unda naushniklar sloti qo‘zda tutilgan.

Nacon Revolution versiyasi ham avvalgi joystik bajaradigan vazifalar uchun mo‘ljallangan. Undagi tutqichlar amplitudasi 46 gradus. To‘rtta qo‘shimcha yorliq-tugmalariga ega.

486447

Hozircha joystiklarning narxi oshkor etilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!