Sony yana uch xil Walkman pleyerlarini chiqaradi

  •   DiMaX
  •  1348
  •  10.07.2017 10:35

Sony yana uch xil Walkman pleyerlarini chiqaradi

Yaponiyalik gigantning Walkman brendi bir paytlar butun dunyoda mashhur edi. Bu nomdagi musiqiy pleyerlar Sony’ga katta daromadlar keltirardi, toki... iPod paydo bo‘lguniga qadar.

Ammo baribir, yaponlarning bu nom bilan xayrlashgilari kelmadi. Walkman nomi smartfonlarda qo‘llana boshladi, Sony shu brend ostida quloqchinlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Yaqinda esa sensor displeyli NW-A35 Walkman portativ raqamli pleyerini ishlab chiqara boshladi.

Endi esa, internetda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Sony mana shu pleyerga o‘xshash yana uchta NW-A45, NW-A46 va NW-A47 modellarini ishlab chiqarishga qaror qilgan. Kodli nomi Jupiter bo‘lgan mazkur gadjetlar FCC sertitsifkatsiyasidan ham o‘tgan, deb yozadi Ferra.ru sayti.

Mazkur devayslarning uchalasi ham ichki xotira bilan ta’minlangan. A45 modelida atigi 16 gigabaytlik doimiy xotira mavjud bo‘lsa, A46 pleyeri 32 gigabayt, A47 esa naq 64 gigabayt xotiraga ega. Bu uchala qurilmaning o‘zaro farqlari faqat shundan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.


Shuningdek, avvalgi – A35 modelidagiga nisbatan yangilarida akkumulyator sig‘imi ham yirik, displey ham 3,1 emas, balki 3,5 dyuymlik diagonalga ega. NW-A35 Walkman batareyasini bitta to‘ldirganda 45 soat ishlaydigan, NFC va Bluetooth bilan ta’minlangan bo‘lsa, yangi modellarda melomanlar uzluksiz 50-60 soatlab qo‘shiq tinglashlari mumkin bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!