Starlink sizni samolyotda ham yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlaydi

Starlink sizni samolyotda ham yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlaydi

SpaceX'ning Starlink sun'iy yo'ldosh internet xizmati keyingi yildan boshlab samolyotlarda ham mavjud bo'ladi. Bu haqida kompaniya o'zining rasmiy Twitter sahifasida e'lon qildi (The Verge orqali).

Ma'lum bo'lishicha, kompaniya 2023-yildan o'zining Starlink Aviation internet xizmatini ishga tushiradi. Bunda samolyotlar Aero Terminal bilan jihozlanadi va ular butun dunyo bo'ylab 350 Mbit/s gacha bo'lgan tezlikdagi cheksiz internet taqdim qila oladi. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bunday tezlik bilan siz videoqo'ng'iroqlar amalga oshirishingiz, onlayn o'yinlar o'ynashingiz yoki boshqa tezkor internet talab qiladigan ishlarni amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, bu boshqa kompaniyalar tomonidan taqdim qilinadigan parvoz vaqtidagi Wi-Fi tezligidan ancha katta, yoxud OneZero'ning xabar qilishicha, ko'plab parvozlarda 10Mbit/s atrofidagi tezlik taklif qilinadi va bu faqat samolyot yerdan ko'tarilgandagina ishlaydi. Ilon Maskning sun'iy yo'ldosh interneti tezligi esa (foydalanuvchilar soniga qarab) o'rtacha 30Mbit/s dan 100Mbit/s gacha bo'ladi.

"Geostatsionar sun'iy yo'ldoshlardan farqli o'laroq, sun'iy yo'ldoshlar past Yer orbitasida tinimsiz harakatlanayotganligi sabab, ular kuchli signal bilan ta'minlash uchun yuqori kengliklarda va qutb mintaqalarida doimo yuqorida yoki yaqin atrofda mavjud bo'ladi." deyiladi qo'llab-quvvatlash sahifasida.

Starlink Aviation xizmati yaqinda Aviacionline bilan sinovdan o'tkazilgan va unda Ookla internet tezligini o'lchash xizmati 100Mbit/s tezlikdagi internetni qayd etgan.

O'QING: O‘zbekiston Starlink ilovasini yuklab olish bo‘yicha top beshtalikka kirdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!