Steam'da FPS hisoblagichi qanday yoqiladi?

Steam'da FPS hisoblagichi qanday yoqiladi?

Agar oramizda onda-sonda kompyuter o'yinlari o'ynab turadiganlar bo'lsa, unda ular uchun FPS so'zi tanish va uning nima ekanligi juda qiziq bo'lishi mumkin. Frames Per Second (o'zbekchada "soniyasiga kadrlar") bu siz kompyuterda o'ynayotgan o'yin kadrlari soniyasiga qancha ko'rinayotganligini aniqlaydigan o'lchov birligi hisoblanadi.

FPS qanchalik yuqori bo'lsa, o'yin shunchalik silliq bo'ladi. Agar FPS qanchalik past bo'lsa, o'yin shunchalik sekin, yoxud qotib-qotib o'ynaladi. Va bu ko'pincha kompyuteringiz ichki qurilmalari qanchalik yaxshi ekanligi yoxud sizga qanday monitor, grafik karta kerakligini aniqlashda yordam beradi.

Ko'pchiligimiz bugungi CS:GO yoki shunga o'xshash o'yinlarni Steam orqali o'ynaymiz va unda siz quyidagi sozlamani o'zgartirish orqali ichki FPS hisoblagichini yoqib olishingiz mumkin:

  1. Kompyuteringizda Steam'ni oching
  2. Chap yuqori burchakdagi Steam tugmasiga bosing va ochilgan kontekst menyudan Settings (Sozlamalar) bo'limiga o'ting
  3. Menyudan In-Game (O'yin ichi) sahifasiga o'ting
  4. U yerda siz In-game FPS counter (O'yin ichidagi FPS hisoblagichi) sozlamasini ko'rishingiz mumkin. FPS hisoblagichi o'yin ichida ekranning qayerida ko'rinishini tanlang va OK'ni bosing.

Endilikda o'yinni ochib, uni o'ynashni boshlaganingizda siz o'zingiz belgilagan pozitsiyada FPS hisoblagichini ko'rasiz. Siz uni istalgan vaqt o'chirib qo'yishingiz mumkin. Buning uchun FPS hisoblagichini qayerdan yoqqan bo'lsangiz o'sha yerga o'ting va u yerdan Off'ni belgilab OK'ni bosing.

O'QING: Yana bir mashxur messenjerga ham "Story" qo‘shilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.