Shaxmatda sayyoramizning tengsiz o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

Shaxmatda sayyoramizning tengsiz o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

AlphaGo Zero nomli "sun’iy ong" tizimi o‘z-o‘zini o‘qita olish qobiliyatiga ega. Bu tizim bor-yo‘g‘i 4 soat ichida shaxmat o‘ynashni o‘rganib oldi. Undan so‘ng esa Yevropaning eng zo‘r shaxmat ustasini ham o‘yinda mag‘lub qildi. Bu to‘g‘rida «Zvezda» telekanali Science Alert nashriga asoslanib xabar tarqatmoqda.

Endi AlphaZero — shaxmat bo‘yicha jahonning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘ldi. U shu vaqtga qadar chempion hisoblanib kelgan Stockfish 8 tizimi blan bilan 100 partiya shaxmat o‘ynagan va har gal g‘olib bo‘lgan.

Shu bilan birga, bu dastur yaponlarning Syogi shaxmat o‘yinini ham bir necha soatlarda o‘rganib oldi. AlphaGo sun’iy aql tizimi 2 yil avval ham Xitoyning "go" nomli mantiqi o‘yinini o‘zlashtirib olib, bu borada eng kuchli o‘yinchini ham mot qilgan.

AlphaZero tizimi sekundiga 800 ming pozitsiyani qayta ishlash hamda sekundiga 70 million yurishni amalga oshirish qobiliyatiga ega. Dasturchilarning fikriga ko‘ra, sun’iy ong tizimining bu muvaffaqiyati dastur algoritmining tuzilish sxemasini o‘zgartirilishi hisobiga sodir bo‘lgan.