Super Charge tezkor quvvatlantirgich sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1033
  •  12.07.2018 18:35

Super Charge tezkor quvvatlantirgich sertifikatsiyadan o‘tdi

Huawei kompaniyasi  Super Charge tezkor quvvatlantirgich texnologiyasining navbatdagi avlodini tayyorlamoqda.

3C sertifikatsiya byurosi ma’lumotlar bazasida (China Compulsory Certification) HW-100400C00 raqamli modeli bilan  Huawei’ning yangi quvvatlantirgichi payda bo‘ldi. Hujjatlarga qaraganda uning quvvati 40W (10V/4A) ga teng. Taqqoslash uchun:  Huawei P20 Pro flagman komplektiga 22W adapteri kiradi.

O‘QING:Taniqli kompaniya o‘z noutbuklarini qaytarib olyapti – ularning akkumulyatori portlashi mumkin!

2016 yilda kompaniya 5V/8A zaryadkali Honor Magic smartfonini chiqargan edi. Uning yordamida 2900 mAch sig‘imli akkumulyatorni  45 daqiqada quvvatlantirsa bo‘lardi. Yangi avlod Super Charge esa bu ishni 30 daqiqada amalga oshiradi. Masalan, raqobatchi Qualcomm Quick Charge 3.0 yoki OnePlus Dash Charging ushbu vaqt ichida qurilmani atigi 50 yoki 60 foizga quvvatlantira oladi.

O‘QING:Samsung 12 daqiqada quvvatlanadigan grafen akkumulyatorni taqdim qildi

Afsuski, yangi avlod Super Charge bilan kompaniyaning qaysi smartfoni ta’minlanadi, bu savol hozircha ochiqligicha qolgan. Mazkur texnologiyani kuzda taqdim etish mo‘ljallangan, ehtimol o‘shanda ushbu savolga javob aytilar.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!